Jahon | 15:25 / 12.07.2017
15873
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktidadan maydoni Uelsga teng bo‘lgan ulkan muzlik ajraldi

Olimlarning xabar berishicha, Antarktida g‘arbida Larsen S muzligining ulkan qismi ajralib ketdi, natijada tarixdagi eng katta aysberglardan biri tashkil topdi. Uning maydoni qariyb 6 ming kvadrat kilometrga teng, bu esa Uels hajmi bilan barobar degani. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Olimlar ulkan muzlikning ajralishini anchadan beri kutishayotgandi. Ilk bora yoriq 2011 yilda payqalgan, 2014 yildan esa u tezlik bilan kattalasha boshladi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda yoriq hajmi yiriklashib bormoqda, oqim hamda shamollar esa ajralib chiqqan muzlikni Atlantika okeaniga chiqarib tashlashi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid