Sport | 19:15 / 12.07.2017
9664
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» Xamesni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi

«Bavariya»ning yangi futbolchisi, kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges yangi klubida 11-raqam ostida o‘ynaydi. Ushbu futbolchi myunxenliklar jamoasida muvaffaqiyat bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va Germaniyaning amaldagi chempionlarining yangi futbolchisi sifatida tanishtirilgan. 

«Bavariya»ning tvitterida Rodriges klub futbolkasini tutib turgan surat joylangan, unda ko‘rinishicha futbolchi jamoada 11-raqamli futbolkani tutib turibdi.

11 iyul kuni «Bavariya» va «Real» ushbu 26 yoshli futbolchi ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum bo‘lgandi. Myunxen jamoasi ikki yil uchun 10 mln yevro to‘laydi.

Bungacha «Bavariya»da 11-raqam Duglas Kostaniki edi, u ayni vaqtda «Yuventus»ga ijaraga berilgan.

Mavzuga oid