Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boshi ayiq jag‘lari orasida qolgan o‘smir aql bovar qilmas tarzda omon qoldi
AQShning Denver shahridan shimolga tomon 77 km uzoqlikda joylashgan Gleyser Vyu Ranch tog‘ lageri instruktori, 19 yoshli Dilan 9 iyulda tonggi soat 4 larda g‘alati g‘ijirlash ovozidan uyg‘onib ketib, o‘ngidagi manzaradan dahshatga tushadi: yirik ayiq uning boshidan tishlab, uxlash qopchasidan chiqarib, o‘rmonga tashib ketmoqchi bo‘layotgan edi.
O‘smirga tan berish kerakki, u bunday dahshatli vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan. U yirtqichga bir necha bor zarba tushiradi. Shovqindan yaqin orada uxlab yotgan sayyohlar uyg‘onib ketadilar va birgalikda ayiqni qo‘rqitib, ortga qaytishga majbur qiladilar.

Aniqlanishicha, Dilan uyg‘ongunigacha ayiq uni qopcha bilan birga 4 metrcha sudrab borgan. O‘smir zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. U nafaqat muqarrar o‘limdan omon qolgan, balki kichik tirnash va lat yeyishlargina olgan. Shifokorlar unga yordam ko‘rsatishgach, u qo‘yib yuborilgan.
Mavzuga oid
13:59 / 21.02.2025
Braziliyada bir vaqtda 4500 ta asalari chaqqan o‘smirning hayoti saqlab qolindi
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
13:08 / 06.01.2025
Yekaterinburgda terakt ishi bo‘yicha o‘smirlar hibsga olindi
00:13 / 29.12.2024