Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlar qo‘mitasi Butunjahon Aholishunoslik kunini nishonladi
1987 yildan boshlab 11 iyul dunyo aholisi 5 milliardga yetgani munosabati bilan Butunjahon Aholishunoslik kuni sifatida nishonlana boshlangan. Ushbu sana xalqaro hamjamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlari va turli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga jamoatchilik e'tiborini qaratishga xizmat qiladi.
Joriy 2017 yilda nishonlanadigan Butunjahon Aholishunoslik kuni oilani rejalashtirish mavzusiga qaratilgan. Dunyo aholisining yillik o‘sish ko‘rsatkichi 83 million kishiga to‘g‘ri keladi. BMT tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 2030 yilda 8,6 mlrd.ga, 2050 yilda 9,8 mlrd.ga, 2100 yilda esa 11,2 mlrd.ga yetishi kutilmoqda. Bu esa oilani rejalashtirish borasida muayyan natijali chora-tadbirlar ko‘rilishini taqozo etadi. 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni 32, 121 million. Birgina 2016 yilda asholining o‘sish sur'ati 401, 8 ming kishini tashkil etdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Aholishunoslik jamg‘armasi bilan birgalikda reproduktiv salomatlik va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish, jamiyatda ayollar rolini kuchaytirish kabi masalalar bo‘yicha 10 yildan buyon hamkorlikda tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, butunjahon Aholishunoslik kuniga bag‘ishlab turli tadbirlar o‘tkazish ham an'anaga aylangan. Qo‘mita bu yil ham mazkur sana munosabati bilan hamkorlar yordamida sport tadbirlarini tashkil etdi.
Bugungi kunda sayyoramizning har 6 – shaxsi o‘smir hisoblanadi. Mamlakatimizda aholining 35 foizdan oshig‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qilib, ular davlatimizning ertasi, istiqbolli kelajagimizdir.
“Sog‘lom turmush - hayotimiz poydevori” nomli tadbir xuddi shu yo‘nalishdagi ishlardan ekanligi bilan ahamiyatlidir. Tadbirda ishtirokchilar suzish, tennis, yengil atletika mashqlari, shashka hamda “Mening kelajakdagi oilam” mavzusida asfaltga chizish bo‘yicha raqobatlashishadi. Undan tashqari bolalar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida intelektual viktorina savol-javoblari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning o‘tkazilishidan asosiy maqsad - aholi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalarni jamoatchilik e'tibori va ishtirokida hal qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va xayotta tatbiq etish; Xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish orqali onalar sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishga hissa qo‘shish; Aholiga, ayniqsa, ayollarda o‘z sog‘ligiga bo‘lgan mas'uliyatni kuchaytirish va h.o. Bu kabi sport tadbirlari ayollar, ayniqsa, bolalarning salomatligini yanada mustahkamlab, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Tadbirda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari Shoira Nurmatova hamda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining vakili (UNFPA) Miyeko Yabuta ishtirok etdi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.05.2025
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi
09:46 / 30.04.2025
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
14:29 / 17.03.2025