Jahon | 23:19 / 12.07.2017
4462
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh shtatlaridan biridagi otishmada 3 kishi halok bo‘ldi

AQShning Alabama shtati, Birmingem shahri yaqinida bir erkak sodir etgan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

CBC News telekanalining ma'lum qilishicha, jinoyatchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan, ayni vaqtda uni politsiya qidirmoqda.  

Taxmin qilinishicha, otishmaga maishiy janjal sabab bo‘lgan.  

Jinoyatchi "qurollangan va xavfli ekanligi" sababli mahalliy aholiga o‘z uylarini tark etmaslik ko‘rsatmasi berilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid