Jahon | 09:37 / 12.07.2017
3881
2 daqiqa o‘qiladi

Zambiya parlamenti 90 kunlik favqulodda holat tartibini ma'qulladi

Foto: AFP

Afrikaning Zambiya davlati parlamenti mamlakat prezidenti Edgar Lunguning favqulodda holat tartibi to‘g‘risidagi qarorini ma'qulladi. Tanqidchilar bu hujjatni prezidentning o‘z hokimiyatini mustahkamlash yo‘lidagi qaror sifatida baholashmoqda. 

Parlamentdagi muxolifat a'zolari 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida ishtirok etishmagan. Ular prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi hukmron partiyaning 85 nafar a'zosining o‘zlarini qoldirishgan. 

Lungu  poytaxt Lusaka shahrining markaziy bozorini yoqib yuborishda muxolifatni ayblab, ular aholi orasida qo‘rquv va terrorni yoymoqchi ekanini ta'kidlagan. Uning fikricha, shu sababli, favqulodda holat tartibini joriy qilish bilan keskin choralar ko‘rish kerak. 

Afrikaning barqaror va birmuncha demokratik mamlakatidagi vaziyatning taranglashuviga muxolifatning bosh yetakchisi Hakainde Hichilemaning qo‘lga olinishi asos bo‘ldi. U o‘tgan yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan edi. 

Hichilema yana besh kishi bilan birga qonuniy hukumatni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda. 

Hukmron Vatanparvarlar fronti siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan holda varvarlarcha elektr tarmoqlariga o‘t qo‘yilishiga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot idoralariga keng vakolatlarni taqdim etdi. 

Shunday qilib mamlakat politsiyasi Zambiya favqulodda holat qonunchiligiga ko‘ra, mitinglarni taqiqlashi, yo‘llarni to‘sishi, harakatlanishni cheklashi mumkin. 

Hichilemaning Milliy taraqqiyot uchun birlashgan partiyasi Lunguning qarorini demokratiyani so‘ndirish va diktatorlikka hozirlik ko‘rish deb baholadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid