Jahon | 23:15 / 13.07.2017
19774
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Bashar Asad bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildiki, Moskva Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlamaydi va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga amal qiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va suriyaliklar yetakchisi taqdirini faqat shu mamlakat fuqarolari hal qilishi mumkin.

«Biz Asadning himoyachisi emasmiz, biz BMT XK rezolyutsiyasiga rioya etamiz. Suriya u yerda qora nomda yozilgan — Suriya taqdirini faqat suriyaliklar hal etishadi», — degan Lavrov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham G20 sammiti doirasidagi matbuot anjumanida  Suriya davlati va prezident Bashar Asadning kelajagi «Suriya xalqi tomonidan belgilanishi kerakligi»ni aytib o‘tgandi.

7 iyul kuni Tillerson matbuot anjumanida Vashington Bashar Asadni Suriya siyosiy hayotida istiqbolga ega deb bilmasligini ma'lum qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid