Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York kalamushlarga urush e'lon qildi. Kemiruvchilar bilan kurashga 32 mln dollar sarflanadi
Nyu-York hukumati kelasi yilga qadar kalamushlarnining 70 foizini yo‘q qilish niyatida. Shaharni kemiruvchilardan tozalash amaliyotiga 30 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflash rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Nyu-York sog‘liqni saqlash departamenti ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning boshidan beri kalamushlar bo‘yicha 10 mingdan ortiq shikoyat kelib tushdi. Bu kemiruvchilar ayniqsa Manxetten, Bronks va Bruklinda ko‘proq uchraydi.
Shahar ma'muriyatining fikricha, ajratilgan mablag‘larning katta qismi jamoat joylarini yaxshilash, yerto‘lalarning tuproqli pollarini beton bilan qoplash hamda quyoshli chiqindi yig‘ish kombaynlarini o‘rnatishga sarflanadi. Shahar ko‘chalaridagi chiqindi savatchalari po‘latli baklarga almashtiriladi.
Mavzuga oid
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi
21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
14:54 / 18.01.2025