Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik 21 yoshli yigit yosh bolani qutqarish chog‘ida cho‘kib ketdi
Rossiyaning Novorossiysk shahrida dushanba, 10 iyul kuni o‘zbekistonlik yigit yosh bolani qutqarish chog‘ida cho‘kib ketdi. Fojia Sudjuk qumlog‘ida, cho‘milish uchun taqiqlangan yerda ro‘y bergan, deb xabar bermoqda rus OAV.
Ma'lum bo‘lishicha, yosh bola tasodifan suvga tushib ketgan va uni oqim oqizib ketgan. Halok bo‘lgan yigit do‘stlarining xabar berishicha, u o‘zini suvga tashlagan va bolani qutqarishga harakat qilgan, biroq, yakunda o‘zi cho‘kib ketgan.
Xabarlarga ko‘ra, 21 yoshli yigit Novorossiyskka ishlash maqsadida kelgan. Rossiya tergov qo‘mitasining Novorossiysk bo‘yicha tergov bo‘limi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025