O‘zLiDePning Andijon viloyat kengashida sharmandali muhit vujudga kelgan
12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor davomida siyosiy partiyalarning ayrim rahbarlarining nomaqbul xatti-harakatlari keltirib o‘tildi.
Prezident siyosiy partiyalarning qoniqarsiz faoliyati ko‘p hollarda markaziy va mahalliy partiya tashkilotlarining ayrim rahbarlari o‘rtasidagi nomaqbul xatti-harakatlar bilan bog‘liqligini aytib o‘tdi.
«Partiya yetakchisi» degan nomga dog‘ tushirish, o‘z xizmat vazifasini suiiste'mol qilish, moliyaviy jinoyatlarga qo‘l urish, maishiy buzuqlik, ta'magirlik, o‘z shaxsiy manfaatini, o‘z biznesini ustun qo‘yish kabi holatlar mavjudligi haqida yetarli ma'lumotlar bor.
Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, shu borada ba'zi bir misollarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zLiDePning Andijon viloyati kengashining sobiq raisi Z.Jumaboyev partiya tashkilotiga rahbarlik qilishdan o‘zini chetga olib, ishni o‘z holiga tashlab qo‘ygan. Asosiy ishni olib borgan uning birinchi o‘rinbosari A.Mamajonov esa viloyat kengashi devonida noma'qul, aytish mumkinki, sharmandali muhit vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. O‘ylaymanki, gap nima haqida borayotganini, ko‘pchiligingiz yaxshi tushunasiz.
XDPning Toshkent viloyati kengashining sobiq raisi S.Agzamov tashkilot balansida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarni sotish, turli xil bahonalar bilan qo‘l ostidagi xodimlardan pul yig‘ish kabi ishlar bilan shug‘ullanib yurgan.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi A.Tursunov o‘z faoliyatida xunuk salbiy holatlarga yo‘l qo‘yib, o‘z obro‘sini yo‘qotgan, kengash faoliyati o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Bunday misollarni, afsuski, aksariyat viloyat va tumanlardagi partiyalar kengashlari faoliyatidan ham keltirish mumkin.
Ushbu holatlarning ko‘pchiligi bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishlari ochilgan bo‘lib, aybdorlar qonun oldida javob bergan va javob bermoqda. Lekin ular avvalo o‘z vijdoni oldida, partiyadoshlari oldida javob berishi kerak emasmi?», deya ta'kidlagan davlat rahbari.
Prezident shu munosabat bilan ana shunday har qaysi salbiy voqeaga nisbatan partiyalar rahbariyati tomonidan prinsipial va qat'iy baho berilishi zarurligiga e'tibor qaratgan.
«Talab darajasida emas» — Shavkat Mirziyoyev siyosiy partiyalar faoliyatini jiddiy tanqid qildi
Mavzuga oid
21:10
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024