Sport | 07:40 / 14.07.2017
4134
1 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Kerjakov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Foto: zenitfc

«Zenit» prezidenti Sergey Fursenko jamoa hujumchisi Aleksandr Kerjakov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi. Endilikda u jamoaning yoshlar tarkibida koordinator sifatida ish boshlaydi.

«U futbolchilik faoliyatini yakunladi. Endi uning tajribasi jamoada seleksiya ishlarida ko‘mak berishi kerak. Unda bizga yordam bera oladigan juda katta tajriba mavjud. Biz uning xayrlashuvini yuqori saviyada o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Ma'lumot uchun, Kerjakov «Zenit» safida 2001 yildan boshlab, 2006 yilga qadar to‘p surgan, shundan so‘ng Ispaniyaga ko‘chib o‘tib «Sevilya»da faoliyatini davom ettirgan, keyin Rossiyaga qaytib, 2010 yildan buyon piterliklar safida edi.

Kerjakov – «Zenit» tarixidagi, Rossiya chempionati tarixidagi va rossiyaliklarning yevrokuboklar tarixidagi eng yaxshi to‘purari sanaladi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid