Fan-texnika | 09:43 / 14.07.2017
2230
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada maxsus xizmatlarning messenjer xabarlariga kirish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilmoqda

Avstraliya hukumati maxsus qonun loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, axborot-texnologiya kompaniyalari maxsus xizmatlarga terrorizmda gumonlangan shaxslarning shifrlangan xabarlariga kirish imkonini taqdim etishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi parlamentga noyabr oyida taqdim etiladi.

Shu bilan birga, qator ekspertlar, shuningdek, Facebook kompaniyasining ta'kidlashicha, maxsus xizmatlar vakolatlarining kengaytirilishi messenjerlarni xakerlar uchun yaxshi nishonga aylantiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid