Jamiyat | 15:40 / 14.07.2017
14369
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan selfi ishqibozi 200 ming dollarlik eksponatlarga zarar yetkazdi

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ayol selfi qilmoqchi bo‘lib, 200 ming dollarlik qiymatga ega eksponatlarga zarar yetkazdi, deb xabar bermoqda Mashable.

Hodisa bir necha hafta avval ro‘y bergan, biroq xorijiy OAV bu haqda endigina ma'lumot berdi.

Nomi oshkor etilmayotgan ayol Los-Anjyelesdagi 14th Factory ekspozitsiyasiga tashrifi chog‘ida, avtoportret qilishga qaror qilgan. U maxsus asoslarda o‘rnatilgan eksponatlar va boshqa haykaltaroshlik namunalari yoniga o‘tirgan.

Videokuzatuv kameralaridagi yozuvga ko‘ra, ayol muvozanatni yo‘qotgan va o‘ziga eng yaqin bo‘lgan eksponatni turtib yuborgan. Bu o‘ziga xos domino effektini yuzaga keltirdi, natijada kamida 10 ta art-obektli postamentlar tushib ketdi.

Muzey xodimlarining ma'lum qilishicha, uchta ish hodisa tufayli “tiklab bo‘lmaydigan holatga kelgan”.

Mavzuga oid