Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning Brexit bo‘yicha vaziri hujjatlarni maxsus chemodanda olib yurishi ma'lum bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning Brexit ishlari bo‘yicha vaziri Devid Devis mamlakatning YeIdan chiqishi bilan bog‘liq hujjatlarni maxsus chemodanda olib yuradi. U tashqi elektromagnit maydonlardan himoyalangan bo‘lib, xorijiy josuslardan asrash maqsadida shunday chora ko‘rilgan, deb yozadi Telegraph gazetasi.
Nashrning yozishicha, chemodan Faradey qafasi bilan jihozlangan bo‘lib, u tashqi elektromagnit maydonlar ta'siridan saqlaydi. U, shuningdek, barcha turdagi simsiz, GPS va Wi-Fi signallarini qaytaradi. Bu esa, chemodan ichida saqlanayotgan ma'lumotlarni o‘g‘irlanishdan saqlash imkonini beradi.
Vazir, ehtiyotkorlik sifatida Apple kompaniyasining qo‘l soatlarini Garmin soatiga almashtirgan. U smart soatdagi mikrofon orqali uni tinglashlaridan xavfsiragan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025