O‘zbekistonlik jurnalistlar Turkiyaning Qizil yarim oy jamiyatiga tashrif buyurishdi
Bugun Turkiyada Fathulloh Gulenning terrorchilik tashkilotiga (FETÖ) mansub harbiylar tomonidan uyushtirilgan va muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topgan davlat to‘ntarishi sodir etilganini bir yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan ayni damda Turkiyada xotirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu marosimlarda jahonning ko‘plab davlatlaridan kelgan jurnalistlar qatori O‘zbekistonning ham yetakchi nashrlardan ijodkorlar qatnashmoqda.
"Kun" nashri bosh muharririning xabar berishicha, bugun media-tur ishtirokchilari Turkiya Qizil Yarim oy jamiyatining idorasiga tashrif buyurishdi. Tadbir davomida tashkilotchilar tashkilotning asosiy vazifalari, faoliyati hamda tarixi bilan yaqindan tanishishdi.
Turk Qizil yarim oy jamiyati 1868 yil 11 iyunda Usmoniylar imperiyasi tomonidan tashkil etilgan va "Usmoniylarning yarador va kasal askarlari" degan nom ostida faoliyat olib borgan. 1935 yilda esa Kamol Otaturk respublika tepasiga kelgandan so‘ng jamiyatga "Turk Qizil yarim oyi" nomi beriladi. Uning birinchi rahbari asli kelib chiqishi Gretsiyalik Marko Pasha (Markos Apostolidis) bo‘lgan.
Turk Qizil yarim oy jamiyatining asosiy vazifasi - tabiiy ofatlar vaqtida yordam ko‘rsatish, donorlikni tashkil etish, sog‘likni tiklash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishdir.
Qizil yarim oy jamiyatining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Insonparvarlik
Betaraflilik
Xolislik
Mustaqillik
Ixtiyoriylik
Birdamlik
Universallik
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekistonda Qizil Yarim Oy Jamiyati rasman 1925 yil 14 noyabrda tashkil topgan. Biroq u mustaqil Milliy jamiyat sifatida mustaqillikka erishilgandan so‘nggina e'tirof etila boshladi. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan “O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonni ijro etish uchun Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston 1995 yildan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari Xalqaro Federatsiyasining teng huquqli a'zosidir.
O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati o‘zining 90 yillik tarixi davomida aholining muhtoj qatlamlariga sifatli va tezkor yordam ko‘rsatish borasida hukumatga ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘g‘in sifatida faoliyat yuritib keldi.
Har yili jamiyatimizning mahalliy tashkilotlari 5,5 mingdan ziyod yakka yolg‘iz, o‘zgalar qaramog‘iga muhtoj keksalarga, shuningdek, minglab nogiroilarga, kam ta'minlangan, ko‘p bolali oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga moddiy, moliyaviy ko‘mak berib, kiyim-kechak, oziq-ovqat to‘plamlari, dori-darmon vositalari ajratib kelmoqda. O‘tgan besh yil davomida 20 mingdan ziyod fuqaro hamda muhtoj oilalarga 1,5 mlrd. so‘mdan ko‘proq moliyaviy, moddiy yordam ko‘rsatildi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024