Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«AvtoVAZ» har beshinchi ishchisini qisqartiradi
Rossiyaning «AvtoVAZ» kompaniyasining Tolyatti avtogigantini rivojlantirishga bag‘ishlangan yopiq majlisi kutilmagan natija bilan tugadi. Ma'lum bo‘lishicha, «AvtoVAZ» rahbariyati 2017–2018 yillarda zavod ishchilari sonini 8 mingdan ko‘proqqa qisqartirishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda, korxona xodimlari soni 37 mingdan ortiq kishini tashkil etadi. Shunga ko‘ra, gap 20 foizlik qisqartirish haqida bormoqda, deyish mumkin.
Kutilayotgan o‘zgarishlar haqida prezident Putinning Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili Mixail Babich ma'lum qildi. U korxona rahbari Nikolya Mor bilan birga majlisda ishtirok etgan.
Dasturga ko‘ra, bu yil «AvtoVAZ»dagi ishchilar soni 6 mingga qisqaradi, kelasi yilda ular safiga yana 2,2 ming kishi qo‘shiladi, deya Babich so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Kompaniya matbuot xizmatida «Gazeta.Ru»ga ma'lum qilishlaricha, «gap faqat taxminlar haqida bormoqda va hech qanday majburlash bo‘lmaydi». Keyinroq, fevral oyida e'lon qilingan qisqartishlarni, 740 kishining ishdan bo‘shatilishini tasdiqlay olishlarini bildirishgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025