Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA pasporti dunyoning eng arzon rasmiy fuqarolik hujjati ekani ma'lum bo‘ldi
The Website Group tomonidan extrapassport.com sayti uchun o‘tkazilgan yangi tadqiqot dunyoning eng qudratli va zaif, eng arzon va qimmat pasportlarini namoyish qiladi.
Unga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari mamlakatining fuqaro pasportini olishlari uchun dunyoda eng arzon pul to‘lashadi. Ular 14 dollar (51 BAA dirhami) to‘lashsa kifoya. Bu borada eng quyi o‘rinda Turkiya bo‘lib, pasport olish bu mamlakatda 251 AQSh dollariga teng.
Shu bilan birga, BAA pasporti mintaqadagi eng kuchli fuqarolik hujjati ekanini ko‘rsatgan. U dunyoning eng qudratli pasportlari ro‘yxatida 22 o‘rinda.
Germaniya pasporti esa, dunyoning 176 mamlakatiga vizasiz borish huquqini taqdim etish bilan ro‘yxatning birinchi o‘rnini egallagan. Shvetsiya pasporti egalari dunyoning 175 mamlakatiga vizasiz chiqa olishadi. AQSh, Ispaniya, Daniya, Finlandiya va Italiya uchinchi o‘rinni baham ko‘rmoqda.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Afg‘oniston va Pokiston pasportlari eng kuchsizdir. Ushbu hujjatlar egalari tegishli ravishda 25 ta va 29 ta davlatga vizasiz bora olishadi.
O‘zbekiston fuqarolari, o‘z navbatida, mamlakat pasporti bilan 50 dan ortiq davlatga vizasiz borishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025