Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy bitimni imzoladi
2017 yilning 17 iyul kuni “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Bryusselga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi Helga Shmidt bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
14 iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning davomi sifatida tomonlarning hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini hisobga olgan holda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Abdulaziz Komilov va Stefano Manservisi “Bog‘dorchilikni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Moliyaviy bitimni imzolashdi.
Imzolangan kundan boshlab kuchga kiruvchi hujjat O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun Yevroittifoq tomonidan 21,5 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilishini nazardan tutadi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
09:26 / 17.04.2025