Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Para-atletika. Doniyor Soliyev jaxon chempionatida rekord o‘rnatib, navbatdagi oltin medal sohibi bo‘ldi
Londonda bo‘lib o‘tayotgan paralimpiyachilar jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida yengil atletikaning uzunlikka sakrash bo‘yicha ishtirok etgan Doniyor Soliyev 7.18 m. natijasi bilan birinchi bo‘lib, navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. U o‘z ko‘rsatkichi bilan Osiyo rekordini ham yangilagan (Bundan avvalgi Osiyo rekordi 2015 yili Qatarning Doha shaxrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida xitoylik Chen Mingyu tomonidan o‘rnatilgandi - 7.07m. natija).
2-o‘rinni shvetsiyalik sportchi Jonson Tobias 6.99 m. natija bilan egallagan, 3-o‘rin 6.77m natija qayd etgan belaruslik Burdukov Sergeyga nasib etdi.
Uzunlikka sakrash musobaqasida jahonning kuchli sportchilari ishtirok etdi, ulardan paralimpiya chempioni va rekordchisi Langenhoven Hilton ham ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur chempionat 10 kun davom etadi va 1050 nafar sportchi 213ta medalli o‘rinlar uchun kuch sinashmoqda. Shular orasida o‘zbekistonlik sportchi Husniddin Norbekov 15 iyul kuni 54.73 natija bilan birinchi o‘rinni egallab, ikkinchi marotaba jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi. Abdurashidov Mansur 16 iyul kuni 100m.ga yugurish bo‘yicha final bosqichiga chiqa olmadi. O‘zbekiston vakillari yadro uloqtirish, nayza otish va yugurish musobaqalarida ishtirok etishadi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025