Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada fuqarolik urushi yillarida qancha odam halok bo‘lgani aytildi
Suriya inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashining ma'lum qilishicha, mamlakatdagi fuqarolik urushi yillari davomida qariyb 332 ming kishi halok bo‘ldi, jumladan, tinch aholidan – deyarli 100 mingga yaqini va 18 mingdan ortiq bolalar. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Hukumat qo‘shinlari va isyonchilar ham jiddiy yo‘qotishlarga uchragan, mos ravishda – 166 ming va 57 ming kishi halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, IShID yoki “Al-Qoida”ga yaqin bo‘lgan guruhlarning a'zolari va tarafdorlaridan 58 mingga yaqini o‘ldirildi.
Ta'kidlashicha, Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashi bunda ushbu davlatdagi faollar va manbalardan olingan ma'lumotlarga asoslangan bo‘lib, ularning mustaqil manbalar tomonidan tekshirilishi ilojsiz.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025