Sport | 20:14 / 17.07.2017
19390
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistlar Messi tufayli «Barselona»dan ketishi mumkin bo‘lgan Neymarga yangi jamoa topishdi

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan muzokaralarni qayta tiklagan. AS nashri parijliklar jamoasi ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun hisob bo‘yicha to‘rtinchi marta harakat boshlagani haqida xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, joriy haftada futbolchining agenti hisoblanadigan otasi Fransiyaga borib, Parij jamoasi prezidenti Nosir al-Helayfiy bilan uchrashgan. Qatarlik biznesmen ushbu jarayonda shaxsan ishtirok etishni istagan. U futbolchini ko‘ndirishga harakat qilmoqchi.

Nashrning eslatib o‘tishicha, Neymarni yaqinlari u «Messining soyasida qolib ketayotgani» uchun «Barselona»dan ketishga undamoqda.

«Messining yonida bo‘lsang, hamisha ikkinchi bo‘lasan. Sen hamisha soyada qolasan va hech qanday shaxsiy yutuqlarga erisha olmaysan», deya Neymarning oila a'zolaridan biri so‘zlarini keltirgan nashr.

Futbolchi avvalgi intervyularidan birida o‘zi yetakchisi bo‘lgan jamoa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun da'vogar bo‘la olishini aytib o‘tgandi.

«PSJ» esa bir necha yillardan buyon Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lishni maqsad qilib keladi.

Neymar yakunlangan mavsumda jamoa safida 45 o‘yin o‘tkazib, 20 gol urdi.

O‘tgan oyda katalonlar jamoasi bir yildan ortiq muddat davom etgan muzokaralardan so‘ng Lionel Messi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolagandi.

Neymarga «Barselona»dan ketishni maslahat qilishdi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid