Sport | 18:24 / 18.07.2017
28036
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Neymar mavzusiga uzil-kesil nuqta qo‘ydi

«Barselona» rahbariyati Neymar klubda qolishiga shubha qilmayapti. Bu haqda klubning sport loyihalari bo‘yicha vitse-prezidenti Xordi Mestre ma'lum qilgan.

«Neymar boshqa klubga o‘tmasligi 200 foizga aniq. Men "PSJ" bu xabarni inkor qilgani haqida ham o‘qidim», — deya Mestrening so‘zlarini keltirgan Marca.

17 iyul kuni ushbu braziliyalik futbolchi Lionel Messi soyasida qolib ketayotgani tufayli kataloniyaliklar jamosidan ketmoqchiligi haqida xabar tarqaldi. Keyinroq Parij klubi ushbu futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 222 million yevroni to‘lashga tayyorligi to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi.

Keyinroq kataloniyaliklar jamoasining bir qator vakillari bu xabarlarni rad etib chiqqandi.

«PSJ» vakili Neymar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Mavzuga oid