«DXR» rahbari yangi davlat tuzilishi haqida ma'lum qildi
«Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenko yangi davlat – Malorossiya tuzilgani haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
«Bizning fikrcha, Ukraina davlatini tiklab bo‘lmaydi. Biz, Ukraina sobiq mintaqalari vakillari, Qrimdan tashqari, yangi davlatni tuzish haqida ma'lum qilamiz. U Ukrainaning merosxo‘ri bo‘ladi. Biz yangi davlat Malorossiya, deb atalishiga rozimiz, sababi Ukraina nomi obro‘sizlanib bo‘lgan», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk yangi davlat poytaxtiga aylanadi.
«Malorossiya davlat bayrog‘i sifatida Bogdan Xmelnitskiyning bayrog‘i tan olinadi... Bizning fikrcha, Donetsk Xalq Respublikasi, xuddi Lugansk Xalq Respublikasi kabi, Ukrainada qonuniy hukumat saqlanib qolingan yagona hududdir», - dedi u.
Zaxarchenko mamlakatda uch yillik muddatga favqulodda holat rejimini joriy etish haqida ham ma'lum qildi.
Mavzuga oid
15:20 / 30.10.2024
UQK generali Marchenko: Donbassdagi front «parchalandi»
15:50 / 29.10.2024
Rossiya armiyasi Donetsk oblastidagi Gornyak shahrini egalladi
22:49 / 15.08.2024
Ukraina Kurks operatsiyasi tufayli Donetsk frontidagi pozitsiyalaridan ayrilmoqda
10:46 / 17.06.2024