Jahon | 10:24 / 18.07.2017
4805
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda harbiy holat yil oxirigacha uzaytirilishi mumkin, Duterte parlamentga murojaat qildi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte parlamentdan mamlakat janubidagi harbiy holatni yil oxiriga qadar uzaytirish haqida so‘radi.

Bu haqda Reuters prezidentning vakili Ernesto Abellaga asosan xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat qurolli kuchlari mintaqadagi radikal kuchlarni butunlay bostirishi uchun kerak.

«U mahalliy terrorchilik guruhlari va Mindanaoda jamoat xavfsizligiga rahna soluvchi barchaga qarshi kurashmoqchi», - dedi prezidentning vakili matbuot anjumanida.

Avvalroq Duterte Filippindagi harbiy holatni tanqid qiluvchilarni nima kutayotganini aytgandi.

Mavzuga oid