Jahon | 09:29 / 18.07.2017
4276
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada MN17 reysi qurbonlari xotirasiga milliy kompleks ochildi

Niderlandiyada Milliy xotira kompleksi ochildi. U Malayziya aviakompaniyasining MH17 reysini amalga oshirayotgan Boeing samolyoti halokatida hayotdan ko‘z yumgan 300ga yaqin yo‘lovchi va ekipaj a'zolarining xotirasiga bag‘ishlangan. Bu haqda NOS.nl xabar bermoqda. 

Xotira kompleksi metall devor va yirik metall ko‘z shaklida barpo etilgan bo‘lib, metall ko‘z yuzasiga aviahalokatda qurbon bo‘lganlarning ism-sharflari qayd etilgan. Ular har bir halok bo‘lgan xotirasiga ekilgan 298 ta daraxt bilan qurshab olingan. 

Xotira anjumanida halok bo‘lganlarning 2 mingga yaqin qarindoshlari, Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr, qirolicha Maksima, bosh vazir Mark Ryuttelar ham qatnashgan. Halok bo‘lganlarning yaqinlari fojia qurbonlarining ism-shariflarini o‘qib chiqishdi. «Ehtimol bu voqeadan keyin ancha vaqt o‘tgandir, ammo biz uchun kecha bo‘lgandek», — degan anjumanda ishtirok etganlardan biri. 

Halok bo‘lganlar xotirasi bir daqiqalik sukut saqlash bilan yodga olindi. Kompleks Amsterdam aeroporti yonida joylashgan. Halokatga uchragan samolyot uch yil avval shu aeroportdan havoga ko‘tarilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, MN17 reysini amalga oshirayotgan samolyot 2014 yil yozida Ukraina osmonida urib tushirilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid