O‘zbekiston | 20:50 / 18.07.2017
108176
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq tizimi to‘liq o‘zgaradi

O‘zbekistonda Davlat soliq qo‘mitasida o‘zgarishlar kutilmoqda.

«Kun» manbalari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazilgan videoselektorda Soliq tizimi to‘la o‘zgarishi haqida ma'lum qilgan.

Endilikda, Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bo‘linmalaridan biriga aylanishi kutilmoqda. 

Shuningdek, qo‘mita o‘z faoliyatini Bosh prokuratura tarkibida davom ettirishi mumkinligi ham aytilgan.

Tegishli qarorda qo‘mitaning keyingi taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Avgust oyidan qo‘mitaning mustaqil fiskal tizim sifatidagi faoliyati to‘xtatilishi aytilgan.

Hozirda tuman soliq inspeksiyalari xodimlari Bosh prokuratura qoshida tashkil etilgan majburiy ijro etish byurosiga o‘tkazilmoqda. Byuroga qo‘mitaning soliq tushumlarini yig‘ish vakolatlari o‘tadi.

Mutaxassislar bu yangi o‘zgarish soliq-byudjyet siyosati samaradorligini oshirishiga ishonch bildirishgan. Ular dunyo tajribasida soliq qo‘mitasi Moliya vazirligining bir strukturasi ekanini keltirishmoqda (misol sifatida Yaponiya) va bunday tizim soliq-byudjyet siyosatini samaraliroq qilishini ta'kidlashmoqda.

Mavzuga oid