Fan-texnika | 20:35 / 18.07.2017
16504
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zidan-o‘zi “paydo bo‘luvchi” mobil uy (Foto, video)

Ten Fold Engineering britaniyaliklar jamoasi o‘zidan-o‘zi "paydo bo‘luvchi" modullarni taqdim etdi, ular tayyor uyni quruvchilar hamda maxsus texnikani jalb etmagan holda bir necha daqiqa ichida taqdim etishi mumkin. Hozircha shunday turar-joyning faqatgina prototipi tayyor, biroq yaqin orada loyihani ishlab chiqarishga tushirish rejalashtirilmoqda. Ko‘chmas mulkning qiymati 130 ming dollarga teng bo‘ladi.

Majmuaga hozircha faqat blok kiradi. Uni oddiy yuk mashinasida istalgan joyga olib borib berishadi. Joyida esa qurilish obekti buriladi va yangi uyga ko‘chib kirish imkoni paydo bo‘ladi. Hattoki ichki kommunikatsiyalarni tortish ham lozim emas, ularni umumiy tarmoqlarga ulashning o‘zi kifoya qiladi. Eng oddiy nusxa 64 kvadrat metr turar-joy maydonidan iborat, yig‘ilgan holda blok 20 kub metrga teng.

Elektr ta'minoti va suvni berish avtonom tizimlarga ega. Ular uchun qo‘shimcha to‘lash lozim bo‘ladi, biroq istiqbolda bu kommunal to‘lovlarida iqtisod qilish imkonini beradi. Shuningdek, uy, ofis egasi har doim yangi joyga o‘z “binosi” bilan ko‘chib o‘tishi mumkin.

Mavzuga oid