Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Haj safariga taraddud ko‘rmoqdalar
O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo‘yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg‘armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi.
Shu asosda “Nuroniy” jamg‘armasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, mahalliy hokimliklar hamda boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ro‘yxati shakllantirildi hamda ularning barchasi o‘rnatilgan tartibda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.


Ayni kunlarda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqdalar. Ular Prezidentning xalq manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e'tibor va g‘amxo‘rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqdalar.




Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi
10:59 / 26.05.2025
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
16:40 / 14.05.2025