Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik yosh matematiklar Malayziyadagi jahon kubogida eng yaxshi natijani qayd etishdi
27 may kuni mental arifmetika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashib, shulardan 21 nafar g‘olib Malayziyada 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida ishtirok etish uchun yo‘llanma olishgandi.
16 iyul kuni esa Malayziyadagi Jahon kubogida 35 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida o‘zbekistonlik 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 21 ishtirokchi ham bor edi.

Natijalarga ko‘ra, o‘z yosh guruhida o‘zbekistonlik ishtirokchilardan ikki nafari 3-o‘rin, bir nafari 2-o‘rin, besh nafari 1-o‘rinni oldi va 13 nafari oliy grant o‘rnini egalladi.
Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, ishtirokchi davlatlar orasida oliy o‘rinni eng ko‘p aynan o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025