Arab davlatlari Qatarga talablar ro‘yxatiga oydinlik kiritdi

Foto: Reuters
BAA, Saudiya Arabistoni, Misr va Bahrayn diplomatlarining ma'lum qilishicha, Qatar bilan bog‘liq vaziyatdagi istalgan vositachilik olti talabdan iborat ro‘yxatga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu haqda Amirliklarning WAM axborot agentligi xabar qilmoqda.
Arab davlatlari TIV rahbarlari ro‘yxatni Qohirada 5 iyul kungi uchrashuvda tasdiqlashdi.
Diplomatlarning Nyu-Yorkdagi qo‘shma matbuot anjumanida ma'lum qilishlaricha, ro‘yxat “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, fitna hamda zo‘ravonlikdan voz kechish, 2013 va 2014 yili Fors ko‘rfazi arab davlatlarining hamkorlik Kengashi doirasida erishilgan kelishuvlar hamda 2017 yilning mayida Ar-Riyoddagi arab-amerika sammiti yakunlarini bajarishni” o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari, “ichki ishlarga aralashmaslik va noqonuniy tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish” hamda “xalqaro hamjamiyatning terrorizm va ekstremizm bilan kurash bo‘yicha mas'uliyati prinsipi” ham tilga olingan.
Shu bilan birga, diplomatlarning ta'kidlashicha, Doha iyun oyida ilgari surilgan birlamchi talablarni bajarish uchun hech qanday jiddiy qadamlarni qo‘ymadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarga nisbatan talablari ro‘yxatini qisqartirgani va ularni aniq muddat belgilanmagani holda bajarishga chaqirganliklari xabar qilingandi. Yangi ro‘yxatda Al Jazeera telekanalining yopilishi, amirlikdan “muammoli” kishilarni chiqarib yuborish kabi talablar yo‘q.
Mavzuga oid

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

07:48 / 01.04.2025