Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti: dunyoda sodir etilgan terrorchiliklarning 55 foizi 5 davlat hududiga to‘g‘ri keladi
2016 yilda terrorchiliklarni sodir etish va buning natijasida qurbonlar berilishi 2015 yilga nisbatan kamaygan. Iroqda teraktlar sodir etilishi ko‘paygani qayd etilgan bo‘lsa, Suriyada bu kabi xunrezliklar soni pasaygan. AQSh Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha bo‘limi vakili Jastin Siberell shu haqda bayonot berdi.
"2016 yilda terrorchilik hujumlarining umumiy soni 9 foizga kamaygan, bu kabi xunrezliklar oqibatida halok bo‘lganlarning umumiy soni 2015 yilga nisbatan 13 foizga kamaydi", — degan Siberell brifingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday natijaga Afg‘oniston, Nigeriya, Suriya, Pokiston va Yamanda terrorchiliklar kam sodir etilgani asos bo‘lgan. Shu bilan birga, Iroq, Somali va Turkiyada teraktlar va qurbonlar soni ortgan.
2016 yilda eng ko‘p terrorchilikni IShID amalga oshirgan. 2015 yilda Tolibon harakati bu borada yetakchi bo‘lgan.
Davlat departamentiga ko‘ra, o‘tgan yilda jami 104 davlatda teraktlar sodir etilgan. Ularning 55 foizi Iroq, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston va Filippinga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025