Sport | 20:05 / 20.07.2017
19065
1 daqiqa o‘qiladi

«Dinamo» Kiyevda o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin

«Nasaf» klubi yarimhimoyachisi Aziz G‘aniyevga Kiyevning «Dinamo» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev «Futbol Ekspress» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«To‘g‘risini aytsam, yaqinda ham Aziz G‘aniyev masalasi bo‘yicha «Dinamo» Kiyevdan qo‘ng‘iroq qilishdi. Ular hamon futbolchimizga qiziqmoqda va bizdan uni qo‘yib yuborishimizni so‘ramoqda. Lekin hozircha bu mavzu biz uchun yopiq, chunki ikkinchi davra o‘yinlari yaqinlashib qoldi va G‘aniyev o‘zimizga ham kerak», deya Berdiyevdan iqtibos keltiradi «FE».

Eslatib o‘tamiz, bir muncha vaqt muqaddam 19 yoshli O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisiga Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid