Fan-texnika | 22:20 / 20.07.2017
4966
2 daqiqa o‘qiladi

HTC kompaniyasining savdolar bo‘yicha sobiq rahbari Nokia direktori bo‘ldi

HMD Global kompaniyasi o‘z rahbariyatini o‘zgartirdi. Arto Nummela HMD Global kompaniyasining bosh ijrochi direktori lavozimini tark etmoqda. Kompaniya direktorlar kengashining umumiy roziligi olingach, u iste'foga chiqqan. Arto Nummela kompaniya endigina shakllana boshlagan 2016 yilda firmani boshqardi. Uning rahbarligida Nokia 6, 5 va 3 smartfonlari, shuningdek, yangi Nokia 3310 va bir nechta boshqa tugmachali telefonlar ishlab chiqarildi. 

Arto Nokia kompaniyasida katta tajribaga ega edi. U bu yerda 1994 yilda faoliyatini boshlab, mahsulotlar yaratish, biznesni boshqarish, savdo va marketing ishlari bilan shug‘ullangan. U Microsoft Devices kompaniyasining Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi sho‘'balarini boshqargan. 

HMD Global kompaniyasi bosh ijrochi direktori sifatida Florian Zayxe tanishtirildi. U bungacha kompaniya prezidenti lavozimini egallab kelgan edi. 

Florian Zayxe Nokia jamoasiga 2013 yilda kelib qo‘shilgan. U kompaniyaning Yevropadagi bo‘limida savdo va boshqaruv bosh menejyeri sifatida ish boshlagan. Florian Zayxe bundan avval HTC kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi 
Savdolar bo‘yicha prezidenti lavozimini egallagan. 

HMD Global kompaniyasi Nokia smartfonlari va telefonlarini ishlab chiqaradi. 

Mavzuga oid