Jamiyat | 19:59 / 20.07.2017
17515
3 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jaobodda meva-sabzavotni eksportga qayta ishlovchi yirik “Navigul” logistika markazi ish boshladi

2016 yil noyabr oyida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati saylovchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xo‘jaobod tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, muzlatish va sotishga ixtisoslashgan yirik logistika kompleksini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Bugun qisqa muddatlarda qurib bitkazilgan mazkur ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyihaning ishga tushishi bilan yiliga 1 mln. AQSh dollari qiymatidagi 7 ming tonna meva-sabzavot va dukkakli ekin mahsulotlarnii qayta ishlash imkoniyati yaratildi.

“Toshkentvino kombinati” AJ hamda “Navigul” qo‘shma korxonasi tomonidan viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonaning ishga tushishi evaziga hududdagi 1 ming 200 nafardan ortiq kishi ish bilan ta'minlandi.

Ushbu logistika markazida 6 gektar maydonga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaydigan issiqxona, 255 gektar maydonda esa intensiv usulda yangi mevali bog‘lar tashkil qilinib, yana 589 gektar maydonda sabzavot ekinlarini ekish imkoniyati yaratildi.

Logistika markaziga qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish 9 ta yuqori unumli texnikalar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashuvchi 12 ta purkagichla va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari keltirilgan. 

Tez fursatlarda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan markazda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida dunyo bozorlarini to‘ldiradi. Mazkur markazda shu yerning o‘zida yetishtirilgan mahsulotlar qayta ishlanib, maskanning o‘zidan tashqi iste'mol bozoriga sotishga chiqariladi.

Ochilish marosimida viloyatning barcha tumanlari hokimlari, agrofirmalar va bog‘bonlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barchani markazning ochilishi bilan qutladi.

- O‘zbekistonda jahon standartlari darajasida mevani qayta ishlovchi korxona bunyod etilishi, tashqi bozor uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi,- deydi Rossiya davlatidan tashrif buyurgan tadbirkor, “Agro - Layn” direktorlar kengashi raisi Viktor Ignatev. 

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid