Jamiyat | 23:31 / 20.07.2017
11958
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Altsgeymer kasalligiga chalingan insonlar miyasida bakteriya izlarini topishdi

Bristol universiteti olimlari Altsgeymer kasalligiga chalingan insonlar miyasida bakteriyalar izini topishgan. Ular tomonidan keltirib chiqariladigan shamollash asoratlari ham bu tuzalmas dardning rivojlanishida rol o‘ynashi inkor etilmayapti. Tadqiqot natijalari Frontiers in Aging Neuroscience jurnalida e'lon qilingan.

Altsgeymer kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning miyasida shamollash alomatlari mavjud, deb tushuntirish berishadi tadqoqot mualliflari. Ma'lum bir genetik omillar gematoensefalitik to‘siqning butunligiga ta'sir o‘tkazishi mumkin, bu holda bakteriyalar miyaga o‘tib, shamollash chaqirishi mumkin.

Tadqiqotchilar Altsgeymer kasalligi bilan og‘rigan sakkiz insonning va 6 nafar soppa-sog‘ insonning miya namunasini o‘rganib chiqishdi. Yangi avloddagi sekvenirlash usuli yordamida ular har ikki turga xos bo‘lgan namunalarda bakteriyalar DNKsi borligini aniqlangan, biroq Altsgeymer kasalligiga chalingan miyada ularning miqdori yetti barobar ko‘proq ekanligi oydinlashgan.

Ish mualliflarining fikricha, biroq sekvenirlash miyaga qancha miqdorda bakteriyalar tushganini aniqlab bera olmaydi. Bu narsa gematoensefalitik to‘siqni yangib o‘tib, miya to‘qimalarida paydo bo‘lgan bakteriyalarning miqdori va turini aniqlash borasida tadqiqotlarni yanada chuqurroq davom ettirish zaruriyatini ko‘rsatib turibdi.

Mavzuga oid