Jamiyat | 11:08 / 20.07.2017
41039
2 daqiqa o‘qiladi

Shohimardonlik uch yoshli qizaloqning noyob iste'dodi barchani lol qoldirmoqda

Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida shaharu qishloqlar zamonaviy qiyofa kasb etib, aholi turmush farovonligi yuksalmoqda, deb yozadi O‘zA.

Buni Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Purviqor tog‘lar bag‘ridagi bu qishloq mustaqillik yillarida yanada chiroy ochib, aholi yashash tarzida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. 

Tog‘ odamlari ham qishloqning o‘zidek bag‘rikeng, samimiy, mehnatkash. Yoshlari iste'dodli. Afifa ismli uch yoshli qizaloqning noyob iste'dodi haqidagi gaplar viloyat markazigacha yetib borgan. 

– Endi tili chiqa boshlagandayoq qizimning xotirasi kuchli ekanini payqagandim, – deydi onasi Mahliyo Qo‘shoqova. – Qanday ertak o‘qib bermaylik, butun matnni bolalarga xos tilda qayta hikoya qila olardi. Bir kuni buvisi davlatlar nomi, ularning poytaxtlari haqida gapirib berdi. Qizim barchani lol qoldirib, xuddi o‘sha tartibda birma-bir qaytardi. Keyin globusdan mamlakatlar joylashuvini tushuntirdi. Afifa hech qiynalmasdan o‘sha davlat va uning poytaxtini ko‘rsatar va nomini aytardi. 

O‘zA muxbiri ham qit'a va davlatlar nomini ataylab chalkashtirib aytgan. U hech adashmay “yer shari”dan o‘sha qit'a yoki davlatni topdi va poytaxti falon shahar deb, jajji barmoqlari bilan ko‘rsatgan. Umuman, dunyo xaritasidan 183 davlatni hech qanday xatosiz ko‘rsatib bergan. 

Mavzuga oid