Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Mozori Sharifda savdo uyi ochadi
Joriy yil 20 iyul kuni Xalqaro biznes markazida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Afg‘onistonga yetkazib berishni ko‘paytirish va bu tizimni yaxshilash kabi mavzular bo‘ldi. Bu haqda «UzTrade» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.
Anjuman doirasida «UzTrade» AJ rahbariyati Afg‘oniston biznes delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston mahsulotlarini qo‘shni davlatga eksport qilish hajmini oshirish mavzusida fikr almashildi.
O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi huzuridagi «UzTrade» AJ xalqaro tashqi savdo kompaniyasi bo‘lib, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozorlarni topish va o‘zlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Bugungi kunda «UzTrade» AJ doimiy tartibda Afg‘onistonga respublikada ishlab chiqarilgan turli xil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Afg‘oniston bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va eksport mahsulotlari yetkazibberish hajmini oshirish maqsadida Mozori Sharifda barpo etilayotgan O‘zbek-Afg‘on qo‘shma savdo uyini tashkil etish ishlarini tezlashtirish masalalari ham uchrashuv chog‘ida ko‘rib chiqildi.
Savdo uyi faoliyati doirasida doimiy asosda ishlaydigan ko‘rgazmalar xonasi bo‘ladi. Unda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlari namoyishi yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, konditerlik mahsulotlari, pechene, shokoladli konfetlar, pasta, tabiiy mevalardan tayyorlangan murabbolar, soklar, suv, ichimliklar, go‘sht va konserva mahsulotlari, kimyo sanoatining turli ashyolari, qurilish materiallari, xo‘jalik texnikasi, gilamlar hamda boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025