Jahon | 22:49 / 21.07.2017
8856
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning matbuot kotibi ishdan ketdi

foto: Doug Mills/The New York Times

AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot kotibi Shon Spayser iste'foga chiqdi, deb yozmoqda The New York Times manbasiga asoslangan holda.
 
Spayserning ishdan ketishiga tadbirkor Entoni Skaramuchchining Oq uy kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga tayinlangani bo‘lgan, deb yozadi gazeta. Tramp Spayserga ishni davom ettirishni taklif qilgan, biroq u Skaramuchchining tayinlanishini katta xato sifatida baholab, ishdan ketishga qaror qilgan. 

Entoni Skaramuchchining Spayser va Tramp ma'muriyati rahbari Rayns Pribus bilan ham munosabatlari havas qilarli emas, deb yozadi The Washington Post gazetasi.

Skaramuchchi CNN telekanali ko‘rsatuvlaridan birining qahramoni bo‘lgan edi. Ko‘rsatuvda uning Rossiya bevosita investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev bilan uchrashuvi haqida so‘z borgandi. Telekanal saytidan maqola o‘chirib tashlangach, uning mualliflari va muharrirlari ishdan ketgandi. 

Shon Spayser esa, matbuot kotibi sifatida ishni boshlaganidan buyon jurnalistlar bilan kelisha olmagan. 

Mavzuga oid