Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dalining jasad qoldiqlari DNK-testi natijasi qachon oshkor etilishi ma'lum
Ispaniyalik buyuk rassom Salvador Dalining jasad qoldiqlari DNK-testi natijasi taxminan sentabr oyi boshida ma'lum bo‘ladi. Bu otalikni o‘rnatish bo‘yicha sud jarayonidan bir necha haftadan so‘ng yuz beradi.
Avvalroq rassomning jasad qoldiqlari eksgumatsiyasi Figeras shahrida 20 iyul kuni bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.
Salvador Dali jamg‘armasi bosh kotibi Luis Penuelasning so‘zlariga ko‘ra, qabrdan «sochlar, tirnoqlar namunasi, bir necha tish va ikkita suyak chiqarib olingan».
Jamg‘armadan tasdiqlashlaricha, sudga DNK tahlilini o‘tkazish talabi bilan o‘zini Dalining qizi, deb hisoblovchi folbin ayol Taro Pilar Abel murojaat qilgan.
Jasad qoldiqlarining eksgumatsiya jarayoni taxminan sakkiz soat davom etgan. Amaliyot Kataloniya Generalitetining madaniyat departamenti, jamg‘arma advokati, a'zolari, Figeras hokimi, shuningdek, Pilar Abel nazorati ostida bo‘lib o‘tgan.
Sudning qaroriga ko‘ra, mobil telefonlar va yozib oluvchi qurimalar olib qo‘yildi.
Ta'kidlanishicha, 2017 yilning 27 iyun kuni sud rassomning jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilish haqida qaror chiqargan, sababi taqqoslash uchun boshqa materiallarning o‘zi yo‘q.
Mavzuga oid
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
18:21 / 18.05.2025