Jahon | 18:08 / 21.07.2017
18837
2 daqiqa o‘qiladi

Nemtsovning qizi otasining qotillariga chiqarilgan hukmni bekor qilishni so‘ramoqda

Siyosatchi Boris Nemtsovning qizi Janna otasining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qilish va ishni jamoat arbobi hayotiga suiqasd qilish moddasiga o‘zgartirish haqida so‘ramoqda. Bu haqda RIA Novosti advokat Olga Mixaylovaga asosan xabar berdi.

«Biz jinoyat qanday moddada talqin etilayotgani bilan umuman rozi emasmiz. Sudlanganlarning harakati Rossiya JKning 277-moddasiga o‘zgartirilishi lozim (jamoat yoki siyosiy arbob hayotiga suiqasd qilish)», - degan advokat.

Ta'kidlanishicha, shikoyat arizasida ishdagi moddani qayta o‘zgartirish uchun uni prokurorga yuborish so‘ralgan.

13 iyul kuni Moskva okrug harbiy sudi Nemtsovning o‘ldirilishi bo‘yicha jinoiy ishdan o‘tayotganlarga hukm chiqardi. Uning qotili – ichki qo‘shinlar sobiq zobiti Zaur Dadayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Eslatib o‘tamiz, Boris Nemtsov 2015 yilning 28 fevral kuniga o‘tar kechasi Moskva shahri markazida o‘ldirilgandi.  

Mavzuga oid