Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumani qayta tashkil etiladi
Toshkent viloyati tarkibida yana Toshkent tumani qayta tashkil etiladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Zangiota tumanida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etiladi. Bunga Zangiota tumani hududining kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.
2010 yilning avgustida Oliy Majlis Senati qarori bilan Toshkent viloyati tarkibidagi Zangiota va Toshkent tumanlari birlashtirilib, ularning asosida Zangiota tumani tashkil etildi, Keles shahri esa ushbu tumanning ma'muriy markazi etib belgilangandi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyatga bo‘ysunadi.
Avvalroq To‘ytepada yangi shahar qurilishi uchun 2 milliard dollar sarflanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:47 / 04.05.2025
Toshkent tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
23:07 / 04.04.2025
Toshkent tumanida bir-biriga tutash ikki binoda yong‘in chiqdi
08:53 / 31.03.2025