Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» futbolchilari Neymarni qolishga ko‘ndirgan bo‘lishi mumkin
«Barselona» futbolchilari Neymardan bu yozda klubdan ketmaslikni so‘rashgan. AS tarqatgan xabarga ko‘ra, Jyerar Pike, Luis Suares, Lionel Messi va boshqa futbolchilar braziliyalik futbolchi bilan gaplashib, uni qolishga ko‘ndirishgan. Qayd etilishicha, Neymar jamoadoshlarining gaplariga kirib, «Barselona»dan ketmaydigan bo‘lgan.
O‘tgan haftada ushbu futbolchi «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Parij klubi 25 yoshli bu hujumchi uchun 222 million yevro taklif etgan va futbolchining o‘ziga transferga rozi bo‘lishi uchun katta bonus to‘lamoqchi.
Shuningdek, Neymar o‘zi Parij klubiga ketayotgani haqida ayrim jamoadoshlariga ma'lum qilgani haqida xabar tarqaldi.
Neymar ayni vaqtda «Barselona» bilan AQShda mavsumoldi yig‘inida bo‘lib turibdi, u «Yuventus»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ikki gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Neymar kataloniyaliklar jamoasi safida 2013 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan vaqt ichida «Barselona» uchun 186 uchrashuvda maydonga tushgan va 105 gol urib, 80 golga uzatma bergan.
OAVda uning «Barselona»dan ketishi haqidagi xabarlar «u Lionel Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan bog‘landi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025