Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagondagilar Rossiya va Eron Suriyada raqobat boshlashi haqida aytishdi
AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasining raisi Jozef Danford ma'lum qildiki, kelgusida Rossiya va Eron Suriya hududida raqobatlashadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki mamlakatning Suriyadagi vazifalari turlicha va shu omil ularning mintaqadagi raqobatiga olib keladi.
«Ular hozircha barqarorlik uchun kelishishgan bo‘lishi mumkin, ammo keyin baribir raqobat boshlanadi. Ularning Suriya rejimi bilan ittifoqi tez orada tugaydi», — deya uning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Bundan avvalroq Danford Rossiya AQSh uchun katta xavf ekani haqida aytgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
20:03 / 23.05.2025