Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridada dunyodagi eng keksa dengiz mushugi vafot etdi
Dunyodagi eng keksa dengiz mushugi AQShdagi okeanariumda hayotdan ko‘z yumdi. U 69 yoshni qarshilaganidan keyingi kun vafot etgan, deb xabar qilgan Janubiy Florida muzeyi.
"Bizning dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, Snuti kishini g‘amgin qiluvchi hodisa qurboni bo‘lgan. Snuti juda noyob hayvon edi", — deyiladi xabarda.
Dengiz mushugi okeanariumning faqat texnik tizimlariga kirish uchun ochiladigan suvosti inshootidan topilgan. Inshoot eshigi odatda yopiq bo‘lgan, ammo noma'lum sabab bilan u shu kuni ochiq saqlangan.
Muzey rahbariyatining qo‘shimcha qilishicha, hayvonning o‘limi bilan bog‘liq tergov ishlari olib borilmoqda.
Snuti laqabli dengiz mushugi 1946 yil 21 iyulda Mayami okeanariumida tug‘ilgan. U inson qaramog‘ida dunyoga kelgan birinchi dengiz mushugi edi.
Mavzuga oid
23:41 / 17.04.2025
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
12:05 / 11.10.2024
«Milton» to‘foni: 16 qurbon, Floridani suv bosdi, 3 mln uy elektrsiz qoldi
08:48 / 11.10.2024