Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymarning vakillari Pike joylagan suratdan norozi
«Barselona» himoyachisi Xerard Pike tvitterdagi sahifasida Neymar bilan tushgan suratini joylashi va «u qoladi» deya yozib qo‘yishi Neymarning yaqinlarida norozilik uyg‘otdi. ESPN xabariga ko‘ra, futbolchining yaqinlari bu suratda ma'no ko‘rishmayapti.
Ma'lum bo‘lishicha, Neymar hali qaror qabul qilmagan, Pikening harakati esa Parij klubi bilan muzokaralar davom etayotgan vaqtda tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Sport nashri braziliyalik futbolchi vakili so‘zlarini keltirgan: «Neymar hali bir qarorga kelmadi. U «Barselona»da qolishi haqida yozishayotgan bo‘lsada, biz bu masala ochiq deb hisoblaymiz».
Shu tariqa, Neymarning «Barselona»dagi taqdiri hali noma'lum. 25 yoshli bu futbolchini «PSJ» sotib olmoqchi, parijliklar uning transferi uchun 222 mln yevro to‘lab, uning o‘ziga 6 yillik shartnoma taklif etmoqchi. Bu shartnomaga ko‘ra, futbolchiga yiliga 30 mln yevro miqdorida maosh to‘lash nazarda tutilgan.
Futbolchi «Barselona» bilan muzokaralarda maoshini oshirishni so‘ragan, ammo klub bunday qila olmasligini bildirgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025