Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yirik g‘alabaga erishdi
Turkiyaning Izmit shahridagi yig‘in o‘tkazayotgan «Paxtakor» jamoasi birinchi nazorat bellashuvida «Sabail»dan 4:1 hisobida ustun keldi.
Ozarboyjon Superligasi ishtirokchisiga qarshi uchrashuvda tashabbusga erishgan toshkentliklar jamoasi yirik natija bilan g‘alaba qozonishdi.
Ahmedov to‘pni raqibdan olib qo‘ygach, darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Simich Kanyukning jarimadan oshirgan to‘pini darvozaga aniq yo‘naltirdi. Mehmonlar birinchi bo‘limda bunga bir gol bilan javob berishdi.
Tanaffusdan so‘ng to‘p yana raqibdan olib qo‘yilgach, bu safar O‘rinboyev zafar quchdi. Iskanderov esa maydon markazi atrofidan jarima zarbasini darvozaga yo‘lladi.
«Paxtakor» - «Sabail» - 4:1 (2:1)
«Paxtakor»: Lobanov, Alijonov, Tojiyev, Simich (Ermamatov), Yusupov, Nurullayev, Ahmedov (Sa'dillayev), Bezerra (Ismatullayev), Kanyuk (Iskanderov), Karimov (Ibrohimov), O‘rinboyev.
Gollar: Ahmedov, Simich, O‘rinboyev, Iskanderov
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025