Jamiyat | 17:24 / 24.07.2017
18666
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Singapur Xalqaro matematika olimpiadasi g‘olibiga aylanishdi

O‘zbekistonlik 15 nafar o‘quvchi Singapurda tashkil etilgan International Math Olympiad Challenge 2017 xalqaro olimpiadasining sovrindorlariga aylanishdi. Bu haqida tanlov ishtirokchilari "Kun.uz" muxbiriga xabar berishdi. Dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan maktab yoshidagi bolalar matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. 

"Sehriyo", "Intellekt", "Ginedis", "Lider" kabi xususiy maktablarning 36 nafar o‘quvchisi saralash bosqichidan o‘tib, Xalqaro olimpiadaga yo‘l olishdi va O‘zbekiston sharafini himoya qilishdi. Mazkur bellashuvda jahonning 17 mamlakatidan 1000ga yaqin bolalar ishtirok etdi. 

14 yoshli Yasmina Sharipova Xalqaro olimpiadada bronza (24 o‘quvchi orasida) va kumush (70 ishtirokchi ichida) medaliga sazovor bo‘ldi.

Singapurda matematika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiada uch bosqichda o‘tkazildi: 

1-qism - Yozma bellashuv.
2-qism - Matematik jang.
3-qism - Jumboqlar.

Xalqaro olimpiadaning sovrindorlariga aylangan O‘zbekistonlik o‘quvchilar: J.Rustamxonov, K.Rizayev, A.Jalilov, S.Umarov, Sh.Hojiakbarov, N.Kan, Sh.Sharipova va Ya.Sharipova,8 A.Nurullaxo‘jayev, R.Nurullaxo‘jayeva, T.Hasanov, A.Abdulloyev, J.Normatova va boshqalar.

Mamlakat sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qilib, katta muvaffaqiyatga erishgan yosh hamyurtlarimizga kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid