Nukusda o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi
Kunlarning birida Nukusda Salamat va Nodira (ismlar o‘zgartirilgan) tanishib qolishadi. Yigit qiz bilan ko‘ngilochar joyda dam olish niyati borligini aytadi va qiz uni janubiy avtovokzal tomonga kelishini iltimos qiladi, deb yozmoqda Kruz.uz "Nukus haqiqati" nashriga asosan.
Salamat Nodiraga o‘z niyatini aytgach, qiz darhol "Janabazar" MFY hududida yashovchi qo‘shnisi, buzuq niyatlilarga o‘z uyida fohishaxona tashkillashtirib qo‘ygan Tozagulga borib aytib, bir yigit bilan kelib dam olib ketmoqchi ekanini aytganda, u sharoit yaratib bergani uchun oldindan 5 ming so‘m pul so‘raydi.
Nodira bir marta "dam olishi" uchun Salamatdan oldindan 25 ming so‘m berishi kerakligini, 5 ming so‘mni sharoit yaratib bergan odamga, qolgan 20 ming so‘mni esa o‘ziga qolishini aytadi. Yigit shu zahotiyoq aytilgan summani qizga beradi va ular birgalikda Tozagulning uyiga borishadi. Ular shu yerda o‘z niyatlarini amalga oshirib bo‘lgandan so‘ng Nukus shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.
O‘z uyida foxishaxona tashkil qilgan, ikki farzandning onasi bo‘lgan Tozagul O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
14:27 / 27.08.2024
Xorijdagi qoraqalpoq diasporalari vakillari Nukusda yig‘ildi - foto
07:33 / 27.08.2024
Raqobat qo‘mitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qo‘zg‘atdi
07:30 / 21.08.2024