Pasport yo‘qotilganida qayerga murojaat qilish kerak?
CAVOL: Men o‘z fuqarolik pasportimni qolgan buyumlarim bilan birga o‘g‘irlatib qo‘ydim. Hech qidirib topishning iloji bo‘lmayapti. Bu holatda qayerga nima deb murojaat qilishim kerak?
JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi 2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni 20-bandiga muvofiq fuqaro pasportni avaylab asrashi shart.
Pasport yo‘qolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim. Ular esa fuqaroning arizasiga binoan belgilangan namunadagi ma'lumotnoma beradi.
Savolga huquqshunos Sardor Ne'matjonov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
18:21 / 13.08.2024
“Shoh asar” - Kanadaning yangi pasporti dizayni haqida
08:35 / 20.07.2024
Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi
11:29 / 13.07.2024
Singapur pasporti – «eng kuchli», O‘zbekiston pasporti – 79-o‘rinda
11:03 / 29.04.2024