Jamiyat | 21:29 / 26.07.2017
33271
3 daqiqa o‘qiladi

China shashlik - tansiq, betakror va asosiysi, hamyonbop taomlar endi Chilonzorda!

Noodatiy va tansiq taomlarni xush ko‘ruvchi xo‘randalar ko‘nglidan allaqachon joy olishga ulgurgan China shashlik restorani o‘z tarmog‘ini kengaytirdi. 15 iyul kuni Toshkentning yana bir qaynoq nuqtasi - Chilonzor tumani, "Shuhrat" chorrahasida restoranning yangi filiali ish boshladi. Ochilish marosimida mehmonlar uchun chiroyli tadbir tashkil etildi. Marosimning maxsus mehmoni sifatida Nilufar Usmonova yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

China shashlik o‘zi nima? 

Bu tansiq taomni eshitmagan, bilmagan yoki hali tatib ko‘rishga ulgurmaganlar uchun tanishtirib o‘tamiz. China shashlik - Xitoy milliy taomchiligi an'analariga asoslanib tayyorlanadigan mazali va ta'mi betakror kabob hamda yeguliklar maskanidir. Bu yerda mijozlarga faqatgina sifatli va halol mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni taqdim etishadi.

Aytgandek, mahsulotlar tarkibida cho‘chqa go‘shti kabi masalliqlardan foydlaniladi, deb o‘ylaydiganlar diqqatiga! China shashlik tayyorlashda faqatgina maxsus ziravorlar Xitoydan keltiriladi, qolgan mahsulotlar esa o‘zimizniki. Shunday ekan, hech qanday shubhaga hojat yo‘q. 

Narxichi? 

Bilamizki, sifatli mahsulot har doim qimmat bo‘ladi. Xuddi shunday kafe va restoran tarmoqlaridagi xizmat ko‘rsatishning sifatliligi va taklif qilinadigan taomning mazaligi uning qiymatiga ta'sir o‘tkazadi, narxini yuqori qiladi.

Ammo China shashlik restoranlari tarmog‘idagi shashlik mahsulotlari o‘ta mazali, yuqori malaka asosida tayyorlangan va shu bilan birga eng yoqimlisi - juda cho‘ntakbop ham. 

Yana bir yangilik!

Tez kunda China shashlik restorani shaharning bir qator mavzelarida o‘z tarmoqlarini ishga tushirishni ham mo‘ljallagan.

Bularning bari mijozlar talabi va taklifidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. 

Sizda ham ushbu tansiq taomni tanovul qilish istagi tug‘ildimi? U holda do‘stlaringiz, oila a'zolaringizni olib, quyidagi manzillar bo‘yicha kelavering: 

Toshkent shahri, "Ganga" mavzesi
Tel: +99893 377-44-77

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, "Shuhrat" chorrahasi
Tel: +99899 800-44-77

Facebook: www.facebook.com/Chinashashlik1

Mavzuga oid